O`zbekistonning eng yaxshi klinikalarida davolanish
O‘zbekistonning yetakchi klinika va tibbiyot muassasalari o‘z amaliyotida yuqori xalqaro standartlarga javob beradigan sifati zamonaviy tibbiy texnologiyalardan foydalanmoqda. O`zTTA O‘zbekistonning yetakchi davlat va xususiy klinikalari, institutlari, tibbiyot muassasalari, yetakchi tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar, diagnostik laboratoriyalari va boshqa bir qator muassasalar bilan hamkorlik qiladi, buning natijasida u tibbiyot muassasalarida ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar va servis xizmatlarni sifati, davolash natijalari va samaradorligi to`g`risida xabar berish imkoniyatiga ega.
Bizning yordamimiz bilan har bir bemor o‘z shifokorini topadi, har bir shifokor, har bir tibbiy klinika esa nafaqat mamlakat ichida, balki xorijda ham o‘zini tanishtirib biladi. Biz xorijlik bemorlarni va O‘zbekiston Respublikasining tibbiyot muassasalarini bir zanjirga birlashtiramiz, mahalliy klinikalar va shifokorlarga xorijlik bemorlar bilan ishlashning yangi, sifatli, barqaror darajasiga o‘tishlariga yordam beramiz.
Jahon standartlari
Assotsiatsiya raisining murojaati
Hurmatli xonimlar va janoblar, hamkasblar, do’stlar! Sizni O’zbekiston Respublikasi Tibbiy turizm assotsiatsiyasining rasmiy veb-saytida qutlashdan juda mamnunman! So‘nggi yillarda an’anaviy “o‘quv-ko‘ngilochar” turizm bilan bir qatorda tibbiy turizm ham keng tarqalib, u yashash mamlakatidan tashqarida tibbiy xizmat ko‘rsatish, xorijda yuqori malakali tibbiy yordam olish bilan dam olishni uyg‘unlashtirish amaliyotini o‘z ichiga oladi.
Assotsiatsiya a'zolari
- Oftalmologiya
- Stomatologiya
- Farmatsevtika
- Ortopediya
- Kardiologiya
- Ginekologiya
- Pediatriya
- Nevrologiya