“BIO NUR MED SERVIS” Ko‘p tarmoqli klinikasi

Manzil: Oʻzbekiston Respublikasi, 140124, Samarqand, Katta Oʻzbek trakti koʻchasi, 16-uy.
+998 97 406 11 11, +998 66 230 80 80, +998 66 230 80 70
bionurmedservishouse1
Ma’lumotni aniqlashtirish uchun bizga qo’ng’iroq qiling: + 998 95 195-95-92

“BIONURMEDSERVIS” O‘zbekiston-Ispaniya qo‘shma klinikasi 2010-yilda tashkil etilgan bo‘lib, u kichik ofisdan Yevropa standartlari asosida qurilgan, keng hududi obodonlashtirilgan to‘laqonli ko‘p tarmoqli klinikaga aylandi.

Klinikada ambulator va statsionar tibbiyotning quyidagi yo’nalishlari bo’yicha davolanish amalga oshiriladi: terapiya, kardiologiya, urologiya, ginekologiya, jarrohlik, ortopediya, nevrologiya, bolalar nevrologiyasi va pediatriya. Klinika bo‘limlari bilan bir qatorda klinikada klinik va biokimyoviy laboratoriya, fizioterapiya bo‘limi, massaj xonasi mavjud. Yuqori sifatli tibbiy xizmat ko’rsatishda faqat Germaniya va Amerika uskunalaridan foydalaniladi. Tashxis qo’yishda zamonaviy laboratoriya va apparat tekshiruvlari (ultratovush, echo, EKG) qo’llaniladi.

Xodimlar soni 90 dan ortiq xodimlardan iborat.

2015-yilda klinika “Tibbiy faoliyatga yuqori texnologiyali uskunalarni joriy etgan eng yaxshi nodavlat tibbiyot muassasasi” nominatsiyasi bo‘yicha 2-o‘rin bilan taqdirlandi.