Innovatsion klinikasi DMC ``DR. MAKSUDOVA KLINIKASI``

Manzil: 100144, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent, Mirzo Ulug‘bek tumani, Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi, 376-376A
+998 78 148 30 30, +998 95 475 03 03, +998 95 476 03 03, +998 71 261 18 78
dmc-zdanie
Ma’lumotni aniqlashtirish uchun bizga qo’ng’iroq qiling: + 998 95 195-95-92

BL LAZEROPTIKA” MChJ QK 2008-yilda tashkil topgan bo‘lib, 2018-yilda “Innovative Clinic DMC” brendi ostida o‘z klinikasini qurdi (Doktor Maqsudova klinikasi).

Faoliyatining asosiy yo’nalishlari: oftalmologiya, ortopediya, nevrologiya, somnologiya, neyroxirurgiya, LOR, kompyuter bio-menejmenti (BIOFEEDBACK), endokrinologiya, kardiologiya va fizioterapiya.

Klinikada reabilitatsiya va statsionar yordam ko’rsatish bilan keng ko’lamli ambulator va jarrohlik xizmatlari ko’rsatiladi. U Yevropa, AQSH, Yaponiya va boshqa mamlakatlarning jahonning yetakchi ishlab chiqaruvchilarining zamonaviy diagnostika, operatsiya, reabilitatsiya va laboratoriya uskunalari bilan jihozlangan bo‘lib, bu eng murakkab tekshiruv usullarini (jumladan, MSCT), davolash va kompleks reabilitatsiyani amalga oshirish imkonini beradi.

Klinikaning sig’imi yiliga 1500 bemorni tashkil etadi. Statsionar bo‘lim 50 o‘ringa mo‘ljallangan. Kadrlar turli yuqori malakali mutaxassislardan, jumladan tibbiyot fanlari doktorlari va nomzodlaridan iborat bo‘lib, yetakchi xorijiy tibbiyot markazlari va klinikalarida malakasini muntazam oshirib boradi.

dmcpalata
dmcresept
dmc-optic
dmcoborud