TIBBIY VA SOG’LOMLASHTIRISH MUASSASALARI RAHBAR VA MUTAXSISLARI DIQQATIGA
O‘zbekiston Respublikasi Tibbiyot turizmi assotsiatsiyasi shuni ma’lum qiladiki, 2024-yil 14-15-mart kunlari Olmaota shahrida (Qozog‘iston) “UNITED MEDICAL TOURISM EXPO” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Ko‘rgazmada sog‘liqni saqlash, kasalliklarning oldini olish, samarali davolash usullari, shuningdek, jahon tibbiyot sohasida mavjud bo‘lgan eng yangi texnologiyalar va xizmatlarning so‘nggi yutuqlari namoyish etiladi.
Tadbir maqsadi tibbiy turizmni yanada rivojlantirish, shuningdek, tibbiy turizm bozori ishtirokchilari o‘rtasida professional darajada faol o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, aholining keng qatlamlari uchun yuqori texnologiyali tibbiy xizmatlar sifati va mavjudligini oshirishdan iborat.
Ko’rgazma B2B va B2C tashrif buyuruvchilarni: mahalliy tibbiy turizm agentlarini, davlat darajasidagi tibbiy turizm vakillarini, shuningdek, xorijda davolanishni xohlovchi shaxslarni jalb qilishga qaratilgan.
Batafsil ma’lumot olish uchun manfaatdor shaxslardan +90 546 199 53 27 (WhatsApp), +90 536 810 68 98 telefon raqamlarga yoki unitedmedicalexpopr@gmail.com va unitedexpou@gmail.com manzillariga murojaat qilishlari so’raladi.
O‘zR TTA boshqaruvi